Adsense

пятница, 11 ноября 2016 г.

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi...


Tun kechalar ko'kda hilol kulib turar
Hilolmisan, hiloldayin kulmaysanmu?
Sen kulmasang boshginamga osmon qular
Seni qanday e'zozlashim bilmaysanmi?

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?
Seni qanday ezozlashim bilmaysanmi?

Balki bedor, balki orom olib shul choq
Tortadursan uyqu ichra bir o'tli oh
Ko'rgin bizni ne kuylarga soldi firoq
Tushlaringda meni quchib uxlaysanmi?

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?
Mensiz hatto dunyolarga sig'maysanmi?
Ko'ksimga bosh qo'yib battar tig'laysanmi?
Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?