Adsense

пятница, 11 ноября 2016 г.

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi...


Tun kechalar ko'kda hilol kulib turar
Hilolmisan, hiloldayin kulmaysanmu?
Sen kulmasang boshginamga osmon qular
Seni qanday e'zozlashim bilmaysanmi?

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?
Seni qanday ezozlashim bilmaysanmi?

Balki bedor, balki orom olib shul choq
Tortadursan uyqu ichra bir o'tli oh
Ko'rgin bizni ne kuylarga soldi firoq
Tushlaringda meni quchib uxlaysanmi?

Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?
Mensiz hatto dunyolarga sig'maysanmi?
Ko'ksimga bosh qo'yib battar tig'laysanmi?
Sen ham meni sog'inganda yeg'laysanmi?

среда, 12 октября 2016 г.

So'nggi bora yo'qlab kelsam...

Ko'ngling qulfin buzib kirsam
Bo'ronlarday to'zib kirsam
So'ng umidim uzib ko'rsam
Yeg'larmisan, kutarmisan...

Kulging qo'shar jonimga jon
Bir sevib yeg'lashing armon
Men uchun yurakdan janon
Yeg'larmisan, sevarmisan...

So'nggi bora yo'qlab kelsam
Poyinga bosh qo'yib o'lsam
Mening telbam deya erkam
Yeg'larmisan, sevarmisan...

Yiqilsam taftingdan kuyib
Kipriging ostidan to'yib
Yoshdan labinga suv quyib
Yeg'larmisan, ko'narmisan...

Sochlaring bo'ynimda dorim
Ko'nglimda yagona borim
Yomg'irdek bir bor bahorim
Yeg'larmisan, yeg'larmisan...

So'nggi bora yo'qlab kelsam
Poyinga bosh qo'yib o'lsam
Mening telbam deya erkam
Yeg'larmisan, sevarmisan...

Olovday yonib, yonimga kel...



Olovday yonib, yonimga kel
O'zingdan tonib sevaman de
O'zing yagona, bo'lma begona
Bo'lib devona sevaman de...

Daryoday oqib, ko'ksimni oqib
Ko'zimga boqib sevaman de
Tinglab so'zingni, ko'ray o'zingni
Yumib ko'zingni sevaman de...

O'zing yagona, bo'lma begona
Bo'lib devona sevaman de...
Kelishing gumon, axvolim yomon
Chinmi yo yolg'on, sevaman de...

O'tsa har zamon, bo'lsam gar omon
Seni kutar jon, sevaman de...
O'zing yagona, bo'lma begona
Bo'lib devona sevaman de...

вторник, 11 октября 2016 г.

Tun menga berar azob...


Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin
Hamma meni sotganda, sen ham meni sotmagin
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...

Gulga qo'lim uzatsam, tikonlari sanchildi
Yarim ko'nglim yolg'ondan ado bo'ldi yanchildi
Zulmatga qo'yma meni, ularday sen ham meni
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin...

Yolg'izdurman dunyoda, mening sirdoshim yo'qdur
Yorning har yolg'oniga chidam bardoshim yo'qdur
Endi mening ko'ksimda yonar quyoshim yo'qdur
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin...

Qaro tunlar qahrini kim ham bilar mendayin
Yolg'on vafo zaxrini kim ham bilar mendayin
Sening hech botmasliging kim ham bilar mendayin
Tun menga berar azob sen quyoshim botmagin...

пятница, 7 октября 2016 г.

Ayt senga nima bo'ldi...


Yuragim to'xtovsiz urmoqda
Ko'nglim behuzur bo'lmoqda
Hayolim bir nishon bermoqda
Senga nimadur bo'ldimi?

Yomg'ir bo'lib yeg'layapman
Ko'ksim mushtlab tig'layapman
Ne qilarim bilmayapman yor
Senga nimadur bo'ldimi...

Kunlarim o'tmay qoldi
Tunlarim o'tmay qoldi
Bardoshim yetmay qoldi
Senga nimadur bo'ldimi...

Ohlarim bir bayt jonim
Halovatga qayt jonim
Xastamisan ayt jonim
Senga nimadur bo'ldimi...

Hijron qilmasin adovat
Diydor ko'rsatsin saxovat
Hudoga topshirdim seni omonat

Kunlarim o'tmay qoldi
Tunlarim o'tmay qoldi
Bardoshim yetmay qoldi
Senga nimadur bo'ldimi...

Ko'z yoshlaring bo'ldi art
Yuqtirmayman biror gard
Axdga sodiq biror mard
Yonginangda men borman...

понедельник, 3 октября 2016 г.

Sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...


Bir zum to'xta...
Agarda qaytib kelmasang to'xta
Bu yuragim ol senga sovg'a
Uni manga umuman keragi yo'q
Chunki unda yashamoqda yolg'on va'dalar
Qora qoshu sochi sumbullar
Ichi to'la sog'inchu qayg'ular

Bir kun kelib, sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...
Yohud faqat sog'ingan men, mensiz baxtli yurgandursan...

Bir zum to'xta, qaysi yo'l bilan ketmoqdasan
Mani kimlarga ayt alishmoqdasan
Nahotki yuragingda endi men emas
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas
Daraxtlardan to'kilib bo'lgan hazonlar
Barglarga burkanib yotar biz o'tirgan o'rindiqlar
Ularni tagida sog'inchu azoblar
Nobud bo'lib bo'lgan tuyg'ular

Agarda bo'lsang baxtiyor, mayli mani eslamay ham qo'yaqol
Faqatgina bitta dona iltimosim bor
Bu yuragim seniki, uni o'zing bilan ovol
Va doim asra, u seni deb uradi yil, oy, hafta, kun va har bir daqiqa
Uni sendan ortiq hech kimi yo'q hayotida

Bir kun kelib, sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...
Yohud faqat sog'ingan men, mensiz baxtli yurgandursan...