Adsense

среда, 12 октября 2016 г.

So'nggi bora yo'qlab kelsam...

Ko'ngling qulfin buzib kirsam
Bo'ronlarday to'zib kirsam
So'ng umidim uzib ko'rsam
Yeg'larmisan, kutarmisan...

Kulging qo'shar jonimga jon
Bir sevib yeg'lashing armon
Men uchun yurakdan janon
Yeg'larmisan, sevarmisan...

So'nggi bora yo'qlab kelsam
Poyinga bosh qo'yib o'lsam
Mening telbam deya erkam
Yeg'larmisan, sevarmisan...

Yiqilsam taftingdan kuyib
Kipriging ostidan to'yib
Yoshdan labinga suv quyib
Yeg'larmisan, ko'narmisan...

Sochlaring bo'ynimda dorim
Ko'nglimda yagona borim
Yomg'irdek bir bor bahorim
Yeg'larmisan, yeg'larmisan...

So'nggi bora yo'qlab kelsam
Poyinga bosh qo'yib o'lsam
Mening telbam deya erkam
Yeg'larmisan, sevarmisan...

Комментариев нет:

Отправить комментарий