Adsense

понедельник, 3 октября 2016 г.

Sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...


Bir zum to'xta...
Agarda qaytib kelmasang to'xta
Bu yuragim ol senga sovg'a
Uni manga umuman keragi yo'q
Chunki unda yashamoqda yolg'on va'dalar
Qora qoshu sochi sumbullar
Ichi to'la sog'inchu qayg'ular

Bir kun kelib, sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...
Yohud faqat sog'ingan men, mensiz baxtli yurgandursan...

Bir zum to'xta, qaysi yo'l bilan ketmoqdasan
Mani kimlarga ayt alishmoqdasan
Nahotki yuragingda endi men emas
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas
Daraxtlardan to'kilib bo'lgan hazonlar
Barglarga burkanib yotar biz o'tirgan o'rindiqlar
Ularni tagida sog'inchu azoblar
Nobud bo'lib bo'lgan tuyg'ular

Agarda bo'lsang baxtiyor, mayli mani eslamay ham qo'yaqol
Faqatgina bitta dona iltimosim bor
Bu yuragim seniki, uni o'zing bilan ovol
Va doim asra, u seni deb uradi yil, oy, hafta, kun va har bir daqiqa
Uni sendan ortiq hech kimi yo'q hayotida

Bir kun kelib, sog'inganim meni yo'qlab kelarmisan...
Yohud faqat sog'ingan men, mensiz baxtli yurgandursan...

Комментариев нет:

Отправить комментарий