Adsense

вторник, 11 октября 2016 г.

Tun menga berar azob...


Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin
Hamma meni sotganda, sen ham meni sotmagin
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...

Gulga qo'lim uzatsam, tikonlari sanchildi
Yarim ko'nglim yolg'ondan ado bo'ldi yanchildi
Zulmatga qo'yma meni, ularday sen ham meni
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin...

Yolg'izdurman dunyoda, mening sirdoshim yo'qdur
Yorning har yolg'oniga chidam bardoshim yo'qdur
Endi mening ko'ksimda yonar quyoshim yo'qdur
Tun menga berar azob, sen quyoshim botmagin...
Shu azobda uxlasam yolvoray uyg'otmagin...

Qaro tunlar qahrini kim ham bilar mendayin
Yolg'on vafo zaxrini kim ham bilar mendayin
Sening hech botmasliging kim ham bilar mendayin
Tun menga berar azob sen quyoshim botmagin...

Комментариев нет:

Отправить комментарий