Taom uchun
qo’llanadigan ajoyib 5 gul
Ko’plab gullarni nafaqat
yiyish mumkin, balki ko’pgina mamlakatlarning yuz yillik pazandalik an’anasida
keng qo’llaniladi.
1. Lolalar
Ushbu nafis
bohor gulining barglaridan damlamalar, gulli sharbatlar, salatlar tayyorlanadi.
Unga shakar qo’shib va hattoki qovurib iste’mol qilish mumkin. Shu bilan birga,
nafaqat barglarini, balki shirin kartoshkani ta’mini eslatuvchi ildizini ham
taom tayyorlashda ishlatishadi.
2.Binafshalar
Derazangiz tokchasida o’sayotgan mayin binafsha ham yesa bo’ladigan gul
turlariga kiradi. Ulardan asosan disert tayyorlashda foydalaniladi. Buning
uchun ularga shakar qo’shib, tortlarni bezatishda qo’llashadi. Yana
binafshalarni shakarga ta’m berishda va marinadlar tayyorlashda ishlatish
mumkin.
3.Yorongul
Asosan bu gulning kurtaklaridan kampot pishirishadi, barglaridan esa shirin
sharbatlar tayyorlashadi, disertlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Yorongul
va boshqa bir qator yesa bo’ladigan gullar shirin holga keltirilib, tort va
shirinliklarni bezashda ishlatiladi.
4.Liliya
Nazokatli liliya gulini shakarlangan holda disertlarda uchratamiz. Shu
qatorda, uni ildizini taomlarga qo’shilganda o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.
5.Xrizantema
Xrezantema gullari turli salat va gazaklar tayyorlashda ishlatiladi.Uning
kurtaklarini ko’k choyga aralashtirib damlanganda, judayam hushbo’y ta’mli
ichimlik hosil bo’ladi. Yoki, faqatgina xrezantema kurtaklarini damlasangiz
rangsiz ichimlik hosil bo’ladi, lekin uning ta’mi va hidi sizni hayratga
solishi aniq!