Adsense

четверг, 10 сентября 2015 г.

About butter :-)

Saryog’ning bolalarga qanchalik foydali ekanligini aniqlash uchun pediatrlar mulohazalarini to’pladik va shu ma’lum bo’ldiki…
Amerikada pediatrlar, bolalarga yog’ miqdori kam bo’lgan sut mahsulotlarini berishga ruhsat bermaydilar, shuningdek, 2 yoshgacha bo’lgan bolajonlar uchun faqat o’z yog’ miqdoriga ega tabiiy sutnigina ichirish mumkin. Saryog’ga kelsak, me’yorida iste’mol qilish albatta foydali sanaladi.
Saryog’ning tarkibida A, D, E, B2 vitaminlari mavjudligi bois bolalar uchun judayam foydalidir. Bu vitaminlar ko’rish qobiliyati uchun, teri faoliyati va suyaklar o’sishi, mustahkamligi uchun judayam katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, saryog’ tarkibida ko’plab foydali birikmalar, uglevodlar, oqsillar, yog’, marganets, magniy, kalsiy, temir, mis, natriy, fosfor va rux mavjud.
Qaymoqli saryog’ – farzandigiz to’g’ri rivojlanishiga yordam beradigan kerakli mahsulot. Bittagina saryog’li buterbrod kun davomida nafaqat bolalar uchun foydali, balki kattalarga ham zarur. Bolajonlarga kunlik norma 5-15 gr, kattalarga esa 30 gr. Saryog’ni me’yorida iste’mol qiling va sog’lom bo’ling!

 

Комментариев нет:

Отправить комментарий