Adsense

среда, 23 сентября 2015 г.

Yeyiladigan Gullar :-)




Taom uchun qo’llanadigan ajoyib 5 gul
Ko’plab gullarni nafaqat yiyish mumkin, balki ko’pgina mamlakatlarning yuz yillik pazandalik an’anasida keng qo’llaniladi.

1.  Lolalar
Ushbu nafis bohor gulining barglaridan damlamalar, gulli sharbatlar, salatlar tayyorlanadi. Unga shakar qo’shib va hattoki qovurib iste’mol qilish mumkin. Shu bilan birga, nafaqat barglarini, balki shirin kartoshkani ta’mini eslatuvchi ildizini ham taom tayyorlashda ishlatishadi.  

2.Binafshalar
Derazangiz tokchasida o’sayotgan mayin binafsha ham yesa bo’ladigan gul turlariga kiradi. Ulardan asosan disert tayyorlashda foydalaniladi. Buning uchun ularga shakar qo’shib, tortlarni bezatishda qo’llashadi. Yana binafshalarni shakarga ta’m berishda va marinadlar tayyorlashda ishlatish mumkin. 

3.Yorongul
Asosan bu gulning kurtaklaridan kampot pishirishadi, barglaridan esa shirin sharbatlar tayyorlashadi, disertlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Yorongul va boshqa bir qator yesa bo’ladigan gullar shirin holga keltirilib, tort va shirinliklarni bezashda ishlatiladi.  

4.Liliya
Nazokatli liliya gulini shakarlangan holda disertlarda uchratamiz. Shu qatorda, uni ildizini taomlarga qo’shilganda o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.

5.Xrizantema
Xrezantema gullari turli salat va gazaklar tayyorlashda ishlatiladi.Uning kurtaklarini ko’k choyga aralashtirib damlanganda, judayam hushbo’y ta’mli ichimlik hosil bo’ladi. Yoki, faqatgina xrezantema kurtaklarini damlasangiz rangsiz ichimlik hosil bo’ladi, lekin uning ta’mi va hidi sizni hayratga solishi aniq!

Комментариев нет:

Отправить комментарий