Adsense

вторник, 13 сентября 2016 г.

Sizni qanday unutay...


Gar ko'rsa, seni noz ila, bo'ston orasinda
Gul g'uncha bo'lur bog'i Guliston orasinda
Naysonlar bulut har necha kim ko'z yosh qildi
Tushing kibi dur topmadi ummon orasinda...

Menga yor bergin hudo husni to'lin oy bo'lsin
Farishtadek qomatin iffatiga yashirsa
Ko'zga suray ko'ksim ul gulga hoki poy bo'lsin
Rayhon ifforin sochib, orombaxsh nozlar ila
Bo'lsa zeb-u zar emas, aqlu xushga boy bo'lsin
Turib sobit vafoda sadoqatda benazir
Yuragida bir umr faqat menga joy bo'lsin...
Menga yor bergin husni to'yin oy bo'lsin...

пятница, 9 сентября 2016 г.

Ajab holat emasmu...


Boqmas manga janona, ajab holat emasmu?
Bo'ldi yana begona, ajab holat emasmu
Behudlug'u savdo bila qildi meni mashxur
Ul ko'zlari mastona, ajab holat emasmi...

Qil uchig'a ey voyki, yetmas mening ilgim
Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu
Ul hur pari chehra, qarab ko'z uchi birla
Qildi meni devona, ajab holat emasmu...

To'yg'uncha ko'zim ko'rmas ekan, tushda hayoling
Bo'ldi so'zim afsona, ajab holat emasmu
Bir kun meni giryona elina tushmadi hargiz
Ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu

Usrub ko'zi la'li meni o'ltirgali Lutfiy
Bo'lmish yeri mayxona, ajab holat emasmu...

Qalbni o'rtar afsuslar...

Qalbni o'rtar afsuslar
Nigohim sani izlar
Ko'z yoshlarim yulduzlar
Sani eslar...

Omonmisan Gulnora?
Yurak bag'ri ming pora
Ko'rgim kelar bir bora
Gulnora...

четверг, 8 сентября 2016 г.

Ayriliq yomonam kuydirdi...

Ayriliq yomonam kuydirdi
Ayriliq jonimdan to'ydirdi
Ming bora xaq ekan volidam
Qo'y bolam shu qizni qo'y derdi...

Men nodon ilmadim quloqqa
Sevibman yonibman kuyibman
Bugunchi yor bo'ldim firoqqa
Tikanni gul deya suyibman...

Hayolim to'zg'itdi o'sha qiz
Yo'limdan chalg'itdi o'sha qiz
Kaftida o'ynoqlab yuragim
Otashga irg'itdi o'sha qiz...

Ishqimni ermaklar qilganda
Izhorlar yodlagan men bo'ldim
O'zga yor yonida kulganda
Bildirmay dodlagan men bo'ldim...

Sevgisi ovvora endi man
Pushaymon ming bora endi man
Qo'rqaman go'zallar makridan
Yuraksiz dilpora endi man...

среда, 7 сентября 2016 г.

Kunlarning birida...


Kunlarning birida...

Hayot o'zgarib, siz o'ylab ko'rmagan ishlar bo'lib ketish ehtimoli yuqoriligini tushunganingizda
Har narsa tayyor bo'lib qolar ekansiz...

Nega ba'zi bir voqealar sodir bo'lishini bilib tursak ham, uni natijasini o'zgartirish qo'limizdan
kelmasligi mumkin?

Nega biz o'zimiz uchun doim qayg'uramizku, boshqalarning biz uchun qayg'urayotganliklarini
tushunmaymiz?



понедельник, 5 сентября 2016 г.

Yolg'onchi yor.. Yolg'onlaring tugar qachon...


Yolg'onchi yor, yolg'onlar tugar qachon?
Yolg'on yeg'lab turganlar tugar qachon?
Qachon menga bir iltifot aylagaysan?
Qachon tugar sitamlar qachon qachon?

O'ngimda cho'g', so'limda cho'g', ko'nglimda cho'g'
Jonim sayyod qo'lidagi jayron jayron
Ming bir kecha ertagin ayt, ishonmasman
Ishonmay ham ko'zimda yosh, marjon marjon...

Karvon karvon yolg'onlar tugar qachon
Karvon karvon sitamlar tugar qachon
Qachon menga bir iltifot aylagaysan
Qachon tugar sitamlar qachon qachon?

воскресенье, 4 сентября 2016 г.

Ishqingda yona... Bo'ldim devona...


Olovlar kechay so'zlaring uchun
Og'ular ichay ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun

Dunyolar go'zal, qiynog'ing avzal
Bitayin g'azal, ko'zlaring uchun


Tog'dagi oxu, uyalar gohi
Yurakning dog'i, ko'zlaring uchun

Yuribman sarson, atrofim hazon
Yolg'izman hamon, ko'zlaring uchun

Dunyolar go'zal, qiynog'ing avzal
Bitayin g'azal, ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun

Oshig'ing bedor, chekib ko'p ozor
Har nega tayyor, ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun