Adsense

пятница, 9 сентября 2016 г.

Ajab holat emasmu...


Boqmas manga janona, ajab holat emasmu?
Bo'ldi yana begona, ajab holat emasmu
Behudlug'u savdo bila qildi meni mashxur
Ul ko'zlari mastona, ajab holat emasmi...

Qil uchig'a ey voyki, yetmas mening ilgim
Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu
Ul hur pari chehra, qarab ko'z uchi birla
Qildi meni devona, ajab holat emasmu...

To'yg'uncha ko'zim ko'rmas ekan, tushda hayoling
Bo'ldi so'zim afsona, ajab holat emasmu
Bir kun meni giryona elina tushmadi hargiz
Ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu

Usrub ko'zi la'li meni o'ltirgali Lutfiy
Bo'lmish yeri mayxona, ajab holat emasmu...

Комментариев нет:

Отправить комментарий