Adsense

четверг, 8 сентября 2016 г.

Ayriliq yomonam kuydirdi...

Ayriliq yomonam kuydirdi
Ayriliq jonimdan to'ydirdi
Ming bora xaq ekan volidam
Qo'y bolam shu qizni qo'y derdi...

Men nodon ilmadim quloqqa
Sevibman yonibman kuyibman
Bugunchi yor bo'ldim firoqqa
Tikanni gul deya suyibman...

Hayolim to'zg'itdi o'sha qiz
Yo'limdan chalg'itdi o'sha qiz
Kaftida o'ynoqlab yuragim
Otashga irg'itdi o'sha qiz...

Ishqimni ermaklar qilganda
Izhorlar yodlagan men bo'ldim
O'zga yor yonida kulganda
Bildirmay dodlagan men bo'ldim...

Sevgisi ovvora endi man
Pushaymon ming bora endi man
Qo'rqaman go'zallar makridan
Yuraksiz dilpora endi man...

Комментариев нет:

Отправить комментарий