Adsense

понедельник, 19 сентября 2016 г.

Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni go'zallar qarg'aydi,
Qarovsiz muhabbat uchun qarg'aydi
Men pinak buzmayman, xadik tortmayman,
Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni do'stlarim qarg'aydi meni
Sotilgan sadoqat uchun qarg'aydi
Sulaymon g'oridan topmasam panoh
Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni qo'shiqlar qarg'aydi meni
Yolg'on qo'shiqlarim meni qarg'aydi
Men baribir qo'rqmay kuylayveraman
Onamning duosi meni asraydi...

Yetar men na Jamshid, na Hotamtoyman
Na orzusi poymol bo'lgan Humoyman
Sofligu ma'sumlik xaqqi hurmati
Bir kuni o'zimni o'zim qarg'ayman...

Birkuni o'zimni o'zim qarg'asam
Onamning duosi meni asraydi...

Комментариев нет:

Отправить комментарий