Adsense

воскресенье, 4 сентября 2016 г.

Ishqingda yona... Bo'ldim devona...


Olovlar kechay so'zlaring uchun
Og'ular ichay ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun

Dunyolar go'zal, qiynog'ing avzal
Bitayin g'azal, ko'zlaring uchun


Tog'dagi oxu, uyalar gohi
Yurakning dog'i, ko'zlaring uchun

Yuribman sarson, atrofim hazon
Yolg'izman hamon, ko'zlaring uchun

Dunyolar go'zal, qiynog'ing avzal
Bitayin g'azal, ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun

Oshig'ing bedor, chekib ko'p ozor
Har nega tayyor, ko'zlaring uchun

Ishqingda yona, o'zimdan tona
Bo'ldim devona, ko'zlaring uchun

Комментариев нет:

Отправить комментарий