Adsense

суббота, 24 сентября 2016 г.

Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...


Ey odam, sen uchun birov ko'rmas tushingni
Avvalo hudo deb, bilib qilgin ishingni
Zolim bo'lib qolma, yeg'ib olgin hushingni
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

Bu dunyo, oxirat uchun paykaling bo'lar
Yaxshi yo yomoning umr sayqaling bo'lar
Poyingda yotgan tosh, balki xaykaling bo'lar
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

Xasading bor bo'lsa, nazardan qolding demak
Qalbinga do'zaxdan lag'ja cho'g' solding demak
Tafakkurni bilsang, xaqni tan olding demak
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

Комментариев нет:

Отправить комментарий