Adsense

пятница, 23 сентября 2016 г.

Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur...


Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur
Qoshingdek bir pari makkora yo'qdur
Husnlar birla yer g'amzang jigarni
Aningdek ham yana g'unxora yo'qdur

Ko'ngillar dardig'a gar chora qilsang
Meningdek dunyoda bechora yo'qdur
Netar lola turib, yo bonda muncha
Buyoqingdin agar ovvora yo'qdur

Jafo ko'p qilmakim, ko'ngling masali
Bu Lutfiy joni sendek xora yo'qdur
Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur
Qoshingdek bir pari makkora yo'qdur

Комментариев нет:

Отправить комментарий