Adsense

пятница, 30 сентября 2016 г.

Kechalar tushimga kirgan ul pari janon qani...


Kechalar tushimga kirgan ul pari janon qani...
Jilvasi aqlimni olgan yuzlari shirmon qani...

Bir ko'rib bo'ldim gadosi
Qayta ko'rmoq istagim
Tim qora tim sochlari ul
Sumbuli rayhon qani...

Tush kelurmi o'ngidanki
Endi ko'rgaymani hech
Tush emas o'ngda kelib u
Aylasa javlon qani...

Til desa ko'ksimni tilsa
Och desa ochsam bag'ir
Dardim izhor aylamoqqa
Hilvati imkon qani...

Комментариев нет:

Отправить комментарий