Adsense

понедельник, 3 октября 2016 г.

Rashqimla o'ldirgan sevgim...


Yana eslab seni, ko'nglim ichra sog'inch
Ko'zlarimda visoling aks etadi
Meni shirin hayoling qo'yarmidi....
Yodingdami bizni uchrashtirgan bahor
Ilk muhabbat yondirib qalbimizni
Baxtimizdan so'zladi bizga takror...

Yuragimda nolalar... Sen tomonga talpinar...
Seni eslab bu sog'inch ila dilim yonar...
Yuragimda nolalar... Sen tomonga talpinar...
Qayda qoldi ayt o'sha baxtli kunlar...

Hozir esa mensiz uzoqlarda yurasan
Hayotimda hamon sen borsan yolg'iz
Balki sen ham o'zimni sog'inarsan...
Beg'ubor bu sevgi yo'limizga nur sochar
Sen ishongin yaqindir baxt kunimiz
O'rtamizda bo'lsada uzun yo'llar...

Yuragimda nolalar... Sen tomonga talpinar...
Seni eslab bu sog'inch ila dilim yonar...
Yuragimda nolalar... Sen tomonga talpinar...
Qayda qoldi ayt o'sha baxtli kunlar...

пятница, 30 сентября 2016 г.

Kechalar tushimga kirgan ul pari janon qani...


Kechalar tushimga kirgan ul pari janon qani...
Jilvasi aqlimni olgan yuzlari shirmon qani...

Bir ko'rib bo'ldim gadosi
Qayta ko'rmoq istagim
Tim qora tim sochlari ul
Sumbuli rayhon qani...

Tush kelurmi o'ngidanki
Endi ko'rgaymani hech
Tush emas o'ngda kelib u
Aylasa javlon qani...

Til desa ko'ksimni tilsa
Och desa ochsam bag'ir
Dardim izhor aylamoqqa
Hilvati imkon qani...

суббота, 24 сентября 2016 г.

Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...


Ey odam, sen uchun birov ko'rmas tushingni
Avvalo hudo deb, bilib qilgin ishingni
Zolim bo'lib qolma, yeg'ib olgin hushingni
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

Bu dunyo, oxirat uchun paykaling bo'lar
Yaxshi yo yomoning umr sayqaling bo'lar
Poyingda yotgan tosh, balki xaykaling bo'lar
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

Xasading bor bo'lsa, nazardan qolding demak
Qalbinga do'zaxdan lag'ja cho'g' solding demak
Tafakkurni bilsang, xaqni tan olding demak
Xudo xor qilganni, bandasi bor etolmas
Xudo yor bilganni, bandasi xor etolmas...

пятница, 23 сентября 2016 г.

Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur...


Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur
Qoshingdek bir pari makkora yo'qdur
Husnlar birla yer g'amzang jigarni
Aningdek ham yana g'unxora yo'qdur

Ko'ngillar dardig'a gar chora qilsang
Meningdek dunyoda bechora yo'qdur
Netar lola turib, yo bonda muncha
Buyoqingdin agar ovvora yo'qdur

Jafo ko'p qilmakim, ko'ngling masali
Bu Lutfiy joni sendek xora yo'qdur
Ko'zingdek kezguvchi ayyora yo'qdur
Qoshingdek bir pari makkora yo'qdur

понедельник, 19 сентября 2016 г.

Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni go'zallar qarg'aydi,
Qarovsiz muhabbat uchun qarg'aydi
Men pinak buzmayman, xadik tortmayman,
Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni do'stlarim qarg'aydi meni
Sotilgan sadoqat uchun qarg'aydi
Sulaymon g'oridan topmasam panoh
Onamning duosi meni asraydi...

Bir kuni qo'shiqlar qarg'aydi meni
Yolg'on qo'shiqlarim meni qarg'aydi
Men baribir qo'rqmay kuylayveraman
Onamning duosi meni asraydi...

Yetar men na Jamshid, na Hotamtoyman
Na orzusi poymol bo'lgan Humoyman
Sofligu ma'sumlik xaqqi hurmati
Bir kuni o'zimni o'zim qarg'ayman...

Birkuni o'zimni o'zim qarg'asam
Onamning duosi meni asraydi...

Yuragimni ezdinga...


Uzun uzun sochlaringni xidlolmay man yeg'layin
Mayin mayin yuzlaringni silolmayman yeg'layin
Shirin shirin so'zlaringni tinglolmayman yeg'layin
Yuragimni ezdinga, hayotimni buzdinga..

Yulduz kabi porlagaysan, uzoqlardan chorlagaysan
Ko'zlarimni yoshlagaysan, yuragimni ezdinga, hayotimni buzdinga

Sanamlar ko'p atrofimda, hohlamasam quchog'imda,
lekin sensan hayolimda, yuragimni ezdinga, hayotimni buzdinga

Bahor kabi yashnagan edim, g'amim ortga tashlagan edim,
Omad qushin ushlagan edim, yuragimni ezdinga, hayotimni buzdinga

O'zi buyuklar aytgan, inson yori, chin yori faqat vafodor Alloh
Sening ishqingda ey noraso, ko'p ko'p qildim gunoh,

Yuzimga ajin tushdi, sochlarimda oq ko'rdima nogoh,
Yuragimni ezdinga jonima, iymonimni buzdinga...

вторник, 13 сентября 2016 г.

Sizni qanday unutay...


Gar ko'rsa, seni noz ila, bo'ston orasinda
Gul g'uncha bo'lur bog'i Guliston orasinda
Naysonlar bulut har necha kim ko'z yosh qildi
Tushing kibi dur topmadi ummon orasinda...

Menga yor bergin hudo husni to'lin oy bo'lsin
Farishtadek qomatin iffatiga yashirsa
Ko'zga suray ko'ksim ul gulga hoki poy bo'lsin
Rayhon ifforin sochib, orombaxsh nozlar ila
Bo'lsa zeb-u zar emas, aqlu xushga boy bo'lsin
Turib sobit vafoda sadoqatda benazir
Yuragida bir umr faqat menga joy bo'lsin...
Menga yor bergin husni to'yin oy bo'lsin...